Foto: Videodan lavha
Avvalroq, Angren shahar prokurori oʻqituvchilarni maktab hududidagi qorni tozalamaganlikda ayblagani ushbu holat jamoatchilikda keng muhokalarga sabab boʻlgandi. Ushbu holatga Maktabgacha va maktab taʼlim vaziri Hilola Umarova munosabat bildirib, holat Bosh prokuraturaga yuborilgani va oʻrganilayotganini maʼlum qilgan edi.
Shundan soʻng, Toshkent viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Maʻlum qilinishicha, Angren shahar prokuroriga faoliyatda yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklar uchun intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan. Shuningdek, prokuror bu ishi uchun uzr soʻradi.
“Joriy yilning 18-yanvar kuni shahar hududidagi maktablarni oʻquv yiliga tayyorgarlik holatini oʻrganish maqsadida shahar 4 ta sektor rahbarlari bilan maktablarda oʻrganishlar olib bordik.
Oʻrganishlar natijasida 22-sonli umumtaʼlim maktab hududida boʻlgan vaqtimizda maktab hududi qor va muzlamalardan tozalanmaganligi bois Telegram platformasi orqali maktab maʼmuriyatiga maktabda tozalash ishlariga masʼul ishchilar ishni bajarmaganligini bildirib, buni bartaraf qilish lozimligini aytganman.
Men videomurojaatda bu ishni maktab oʻqituvchilari emas balki bu ishga masʼul shaxslar tashkillashtirishni soʻraganman. Boʻlib oʻtgan holat uchun barcha oʻqituvchilardan uzr soʻrab qolaman”, — deydi u.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling