Foto: ingeniovirtual
Shu yil 9-sentyabrdan kuchga kiradigan “Reklama to‘g‘risida”gi yangi Qonunning 35-moddasida ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarn va oziq-ovqat qo‘shimchalarining reklamasi bo‘yicha tartiblar belgilandi.
Qonunga ko‘ra, bu mahsulotlarning reklamasida:
1. “Ular dori vositalari hisoblanadi” yoki “davolash xossalariga ega” degan taassurot uyg‘otilmasligi;
2. Qo‘llash natijasida odamlar davolanganiga, ahvoli yaxshilanganiga doir muayyan holatlar misol keltirilmasligi;
3. Ularni qo‘llagan jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan minnatdorlik izhorini o‘z ichiga olmasligi;
4. Sog‘lom ovqatlanishni rad etishga undamasligi;
5. Biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgani hamda davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risidagi faktlarni havolalar qilish, shuningdek, ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiya shaklida foydalanish orqali dori vositalariga nisbatan afzalligi haqidagi taassurotni yuzaga keltirmasligi;
6. Voyaga yetmaganlar iste’mol qilishi taqiqlangan biologik faol qo‘shimchalar reklamasida bolalar tasviridan foydalanilmasligi kerak.
Ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar va oziq-ovqat qo‘shimchalari reklamasida ularning dori vositasi emasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish berilishi shart.
Shuningdek, bunday mahsulotlar reklamasi bo‘yicha rag‘batlantiruvchi aksiyalar o‘tkazish ham mumkin emas.
Mazkur Qonunning 36-moddasida esa ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar reklamasi ham taqiqlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling