Jizzaxdagi manzil-koloniyadan qochib ketgan 2 nafar mahkum ushlandi

Mazkur shaxslar Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida qoʻlga olingan

Foto: IIV Jazoni ijro etish departamenti matbuot xizmati

Foto: IIV Jazoni ijro etish departamenti matbuot xizmati

4-yanvar kuni Jizzaxdagi manzil-koloniyadan 2 nafar mahkum qochib ketgani haqida xabar berilgan edi. IIV Jazoni ijro etish departamenti matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur shaxslar qoʻlga olingan.

Qayd etilishicha, 5-yanvardan 6-yanvarga oʻtar kechasi ikki mahkum Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida jamoatchilik yordamida qoʻlga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

IIV Jazoni ijro etish departamentining xabariga koʻra, , holat yuzasidan tekshiruv tayinlangan boʻlib, jazoni ijro etish muassasasini ruxsatsiz tark etgan mahkumlarning harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

“Belgilangan tartibni buzgan mahkumlar qatʼiy nazorat ostiga, yaʼni ilgari jazo muddatini oʻtagan umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalarga qaytariladi”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling