Oʻzbekistonning aholisi koʻp tuman va shaharlar reytingi eʼlon qilindi

Reytingda Namangan shahri 1-o'rinni egallab turibdi

Oʻzbekistonda 2025-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 37 mln 543,2 ming kishini tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi

Quyida aholi eng koʻp istiqomat qiladigan 10 ta tuman va shaharlar haqida maʼlumot keltirilgan. 

 1. Namangan shahri - 713,4 ming kishi

 2. Samarqand shahri - 595,8 ming kishi 

 3. Urgut tumani - 572,6 ming kishi 

 4. Andijon shahri - 492,4 ming kishi 

 5. Denov tumani - 430,5 ming kishi 

 6. Olmazor tumani - 412,0 ming kishi 

 7. Pastdargʻom tumani - 392,1 ming kishi 

 8. Yunusobod tumani - 385,2 ming kishi 

 9. Shayhontohur tumani - 369,9 ming kishi 

 10. Asaka tumani - 362,1 ming kishi

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling