Andijonda xonanda Shoira Otabekova avtohalokatga uchradi

Mazkur holat yuzasidan hozirda surtshtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani, Xurobod MFY hududida 19-iyun kuni soat 12:20 larda haydovchi 1980-yilda tug‘ilgan Sh.O. o‘zining BYD song plus avtomashinasida rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida, yo‘l chetidagi chegara sim to‘sig‘iga borib urilgan. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, transport vositasi tehnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surtshtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling