Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida hovli yonayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat boʻyicha Andijon viloyati FVB izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oltinkoʻl tumani Qoʻshtepa MFYda 19-fevral kuni soat 14:26 larda fuqaro I.Sh.ning yashash uyi yonib ketdi.
Soat 14:32da aytilgan manzilga FVB xodimlari yetib borgan va soat 15:02da sodir boʻlgan yongʻin oʻchirilgan.
Xonadonning 40 kv metr maydonining shift, tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan-jarohati holatlari qayd etilmadi.
Yongʻin sodir boʻlish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.