Andijonda 2,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyatida 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya. 

Maʼlum qilinishicha, Asaka tumanida joylashgan “O. T.” MChJga qarashli suv chiqarish nasosini o‘zboshimchalik bilan taqmoqqa ulab, elektrdan noqonuniy foydalangan. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta‘minoti korxonasiga 2 mlrd 365 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling