Bugun 17-fevral kuni kunduzi Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Kecha havoni keskin sovuq boʻlganidan soʻng harorat tez koʻtarila boshlaydi va kunning oʻrtasiga kelib
havo 8-13 daraja iliqqacha isiydi. 18-19-fevral kunlari respublika hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda va 19-fevral kuni Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati deyarli oʻzgarmaydi.
Haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha quruq va bahoriy iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi. Bu harorat mart oyining oxiri va aprel oyining boshidagi iqlim koʻrsatkichlariga mos keladi. Harorat kechalari 3-8 daraja iliq atrofida boʻladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-fevralda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Toshkent shahrida 17-20-fevral kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
17-19-fevralda harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 11-14 daraja iliq, 20-21-fevralda kechalari 2-5 daraja iliq boʻladi, kunduz kunlari 15-18 daraja iliqqacha koʻtariladi.