Superogʻir vazn toifasidagi bokschi, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bugun tongda Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan oqshomda oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazishi kerak edi.
Biroq, uning fransiyalik Devid Spilmontga qarshi kechadigan jangi bekor qilindi. Bunga Jalolovning lab qismidagi kichik husnbuzar (ugri) sabab sifatida koʻrsatilibdi.
Bokschilar rasmiy tarozidan oʻtish marosimida ham qatnashib ulgurishgandi.
Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov prof faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Devid Spilmont esa shu kungacha 25 ta jang oʻtkazib, 16 gʻalaba, 8 magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Gʻalabalarining 11 tasini nokaut orqali qoʻlga kiritgan.