Toshkent metrosi ilk marta 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

Bir millioninchi yoʻlovchiga jamoat transportidan 1 yil bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus karta berildi

Toshkent metropoliteni 16-dekabr kuni ilk marta 1 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi.

Shu munosabat bilan metropoliten masʼul xodimlari ishtirokida “Metrodan foydalangan millioninchi yoʻlovchi” ni aniqlash tadbiri oʻtkazildi va unda omadli yoʻlovchi aniqlandi.

Shundan soʻng, ushbu yoʻlovchiga metropoliten esdalik sovgʻasi hamda jamoat transportidan 1 yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport toʻlov kartasi topshirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling