Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Toyloq tuman boʻlimi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Reyd davomida tumanning Xoʻjayuz MFY hududida fuqaro U. Z. tomonidan tegishli ruxsatlarsiz sogʻlom 1 tup tut daraxti kesib tashlanganligi maʼlum boʻldi. Natijada tabiatga 71 million 250 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U.Z. BHMning 10 baravari - 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
Huquqbuzar qilmishi uchun jami 75 million soʻm toʻlaydigan boʻldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling