Boʻzatov tumaniga hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Boʻzatov tuman Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

16-noyabr kuni xalq deputatlari Boʻzatov tuman Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Boʻzatov tumani hokimi lavozimiga Botirbek Ubbiniyazovni tayinlash masalasi koʻrib chiqildi. Taqdim etilgan nomzod tuman Kengashining bir qator deputatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Sessiyada Ubbiniyazov Botirbek Ongarbayevich Boʻzatov tumani hokimi etib tayinlandi. 

B.Ubbiniyazov shu kunga qator Moʻynoq tumani hokimining ekologiya va Orolboʻyi hududini rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling