Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

13-iyundan boshlab respublika hududiga janubdan quruq va biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi

Asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi va havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun kunduzi harorat 33-35 daraja bo‘ladi,dam olish kunlari 36-38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 40-42 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida, dam olish kunlari 36-38 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling