Toshkentda avtobus motor qismining elektr simlarida qisqa tutashuv sodir boʻldi

Avtobusda yongʻin sodir boʻlmagan

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Botir Zokirov koʻchasida 17-fevral kuni soat 14:01 da avtobusda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVB xabar kelib tushgan.

Tashkent City ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv otryadi ekipaji manzilga soat 14:02 da yetib borganda, avtobus motor qismining elektr simlarida qisqa tutashuv sodir boʻlgani aniqlandi.

Avtobusda yongʻin sodir boʻlmagan. Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling