Mirzo Ulugʻbek tumani, Ulugʻ Gʻulomov koʻchasi, 8/1-uy qarshisida 15-noyabr kuni soat 22:00 larda haydovchi 1988-yilda tugʻilgan D.A. Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi daraxtga toʻqnashgan.
YTH natijasida haydovchi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling