Davronbek Sattarov Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Davronbek Sattarov 1984-yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tug‘ilgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.