Mirzanozim Dustmuratov “Dori-Darmon” AJ boshqaruv raisi lavozimiga saylandi

U tayinlovga qadar “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni ”tugatish komissiyasi" raisi lavozimida ishlayotgandi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida kompaniyaning Boshqaruv raisi lavozimiga Mirzanozim Dustmuratov saylandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzanozim Dusmuratov 1956-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1979-yil Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Rossiyaning Markaziy protezlash va protezsozlik institutida aspiranturada tahsil olgan.

Ish faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutidan boshlagan.

Mirzanozim Dusmuratov tayinlovga qadar “Oʻzfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni ”tugatish komissiyasi" raisi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling