Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiya IIV Politsiya tashkiloti vakillari oʻrtasida maslahatlashuv oʻtkazildi.
23-oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi va xavfsizlik nuqtai nazaridan Turkiyaning barcha hududlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari kuchaytirilganligi oʻrganildi.
“Shu munosabat bilan, vatandoshlarimizdan jamoat joylarida xushyorlikni oshirishlari va ehtiyot choralarini koʻrishlari, ayniqsa aeroport, temir-yoʻl vokzali, avtoshohbekat, kemalar stansiyalarida, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari soʻraladi.
Turkiyadan chiqib ketish arafasida boʻlgan fuqarolarimizdan aeroportlarga uchish uchun qayddan oʻtish (registratsiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borishlari, shubhali buyumlar va shaxslar toʻgʻrisida yaqin oradagi politsiya yoki xavfsizlikni taʼminlash (Özel güvenlik) boʻlinmalari xodimlariga xabar berish tavsiya etiladi”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling