O'zbekistondagi mehmonxonalar mahalliy aholiga "ZAGS"siz joy berishmaydi — bu qanday qilib ichki turizmni o'ldiradi va fuqarolarni kamsitadi?

Ushbu maqolada biz xususiy mehmonxonalar ichki turizmni rivojlantirishga qanday va nima uchun to'sqinlik qilayotgani, poraxo'rlik uchun qulay muhit yaratganligi va mehmonxonalar tomonidan o'rnatilgan qoidalar qanchalik qonuniy ekanligini aniqlashga harakat qilamiz

Turizm sohasi dunyoning eng muhim iqtisodiy tarkibiy qismi bo'lib, ko'plab mamlakatlarda rivojlanmoqda. 2016-yildan buyon Qonunchilik darajasida tashqi va ichki turizm sohasini takomillashtirish bo'yicha faol choralar ko'rilayotgan O'zbekiston ham bundan mustasno emas. Bu vaziyatda o'zbek mehmonxonalari egalari tomonidan yaratilgan birgina katta "lekin" mavjud bo'lib, u nafaqat ushbu sohani rivojlantirishda davlatning barcha "sa'y-harakatlariga" qarshi turadi, balki O'zbekiston fuqarolarini ham ochiq-oydin kamsitadi.

Ushbu materialda keltirilgan mehmonxonalar va mehmonxonalarning nomlari (bittasidan tashqari) oshkor qilinmaydi va ular bilan muhokama qilingan barcha o'zaro suhbatlar Repost.uz tomonidan o'tkazilgan maxsus tajribasi hisoblanadi.

Prezidentning sanoatni rivojlantirish rejalari, temir yo'l va aviachiptalarga muntazam chegirmalar (50% gacha), shuningdek, dam olish kunlari o'zbekistonliklarga beriladigan dam olish kunlarining ko'payishi (o'rtacha 4 kun) O'zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishga alohida ta'sir ko'rsatmoqda.

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Shunday qilib, mahalliy aholi uchun mamlakat bo'ylab sayohat qilish va uning madaniy merosi bilan tanishish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Ammo, O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishni istagan turmush qurmagan juftliklar uchun muammolar qolgan. Ko'pgina mehmonxonalarda nikohni ro'yxatdan o'tkazmagan shaxslar yashay olmaydi, qoidalar shunaqa. Bundan tashqari, qoidalar davlat rahbarining farmonlariga zid keladi:

Prezidentning 06.01.2019-sonli qaroriga binoan, mehmonxona xizmatlari yashash joyidan, fuqarolikdan, jismoniy shaxslarning oilaviy va nikoh munosabatlaridan, shuningdek, shaxsiy hayotga bo'lgan huquqni cheklovchi boshqa omillardan qat'iy nazar taqdim etilishi kerak.

Turizm va madaniy meros vazirligi nima deydi?

Repost ichki turizmni rivojlantirish sharoitida bunday qoidalarni qanday o'rnatish mumkinligi haqidagi savolga javob oldi.

Savollarimizga anonim tarzda javob berishga rozi bo'lgan mehmonxonalardan birining menejeri bilan suhbatlashib, shuningdek O'zbekistondagi mehmonxonalar uyushmasi rahbariyati bilan aloqaga chiqqanimizda, ulardan ham shunga o'xshash javoblar oldik.

Ko'plab mehmonxonalar mana shu ko'rinishda o'zlarining potentsial mehmonlarini O'zbekiston fuqarolari mehmonxonada ro'yxatdan o'tayotganda ulardan "ZAGS" talab qilinishi haqida yozma ravishda xabardor qilishadi. Nima uchun bu qoida chet ellik sayyohlarga taalluqli emas?

Davlat statistika qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2019 yilda ichki turizm bilan bog'liq xizmatlar (ma'lumotlar koronavirus pandemiyasi turizm sohasiga ta'sir qilmagan davr uchun keltirilgan) 33 milliard 906 million so'mni tashkil etgan bo'lsa, tashqi turizm deyarli uch baravar kam (11 milliard 639 million so'm) ko'rsatkichga ega bo'lgan.

Repost.uz

Repost.uz

2020-yil yanvar-mart oylari mobaynida O'zbekistonga 1 million 214 ming xorijiy fuqaro tashrif buyurib, mehmonxona xizmatlaridan hech qanday muammosiz to'liq foydalandi.

"Agar biz "ZAGS"siz mahalliy mehmonlarni qabul qilsak, ichkilikbozlik va fohishalardan keyin xonalarni tozalash kerak", dedi mehmonxonalardan birining rahbariyati. Mahalliy mijozlar haqida ajoyib tasavvur va munosabat.

Hech bir ichki qoida prezident qarorlarining bandlariga zid bo'lolmaydi. Agar mehmonxonalar nikoh va qarindoshlik munosabatlaridan qat'i nazar, odamlarni xonalarga joylashtirish majburiyatini e'tiborsiz qoldirsa, ular, agar xohlasa, boshqa har qanday omilni, masalan, yashash joyi yoki "propiska" ni ham talab qilinuvchi hujjatga aylantirishi mumkin. Unda kuchga kirgan qarorlardan nima ma'no?

Mehmonxona xizmatlari odamlarga ularning shaxsiy hayotiga aralashmasdan berilishi kerak. Agar mehmonxonalar o'z hududida tinchlik va tartibdan xavotirda bo'lsa, ularga rioya etilishini nazorat qilishning boshqa usullari mavjudligini tushunishlari kerak.

Repost.uz

Repost.uz

Axloq masalasi

Mahalliy mehmonxonalarning, rostdan ham, agar mehmonlar shubhali ko'rinsa yoki o'zini axloqsiz tutsa, ularga joy bermaslikka haqqi bor, bu ham Qonunchilik darajasida mustahkamlangan. Masala shundaki, har bir mehmonxona o'zi uchun "axloqsiz" narsani o'zi hal qiladi, chunki qarorda bu so'z batafsil tushuntirilmagan.

Bundan kelib chiqadiki, mehmonxonalar har bir kishi uchun pullik xizmatlarni taqdim etish o'rniga, odob-axloq politsiyasining rolini bajaradi. Boshqa masalalardan tashqari, bunday qoidalar pora olish uchun qulay muhit yaratadi.

Hatto mamlakatning "bosh" mehmonxonasi ham o'zbekistonlik mehmonlarni nikoh guvohnomasisiz qabul qilmaydi. Hech bir mamlakatda turizm sohasida bunday cheklovlar yo'q.

Aslida nima bo'lishi kerak?

Faqat hududda mehmonxonaga yoki mehmonlarga zarar yetkazadigan xatti-harakatlar axloqsizlik deb qaralishi mumkin. Qolgan narsalarning barchasi mehmonxonalarga taalluqli emas.

2019-yilda turizmning jahon yalpi ichki mahsulotiga qo'shgan hissasi 10 foizni tashkil etdi va turizm sohasi bilan bog'liq ish o'rinlari soni 330 mln.ta ni tashkil etdi. Ushbu sohaning iqtisodiyot uchun ahamiyati juda katta va uning rivojlanishini to'xtatadigan tartiblar yaratish - yo'l qo'yilinishi kerak bo'lmagan narsa va O'zbekistonda olib borilayotgan siyosatga ziddir.

Repost.uz

Repost.uz

Xulosa qiladigan bo'lsak, mahalliy mehmonxonalar prezidentning qarorlariga zid faoliyat yuritishmoqda. Ular ichki turizmni rivojlantirishga to'sqinlik qilib, odamlarning shaxsiy hayotiga aralashib, O'zbekiston fuqarolarini kamsitmoqda. Mehmonxona biznesining egalari xalqaro miqyosda turizm dunyosiga o'zlarini qanday ko'rsatishayotgani haqida o'ylashlab ko'rishlari kerak.

Muallif: Nikoletta Lazaridi

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling