Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi zapravkada 5-avgust kuni soat 22:20 larda propan suyultirilgan gaz tashuvchi avtotsisternadan propan saqlash rezervuarga yoqilg‘i to‘kish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqqan. 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:22 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:30 da qurshab olingan va soat 22:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 1 ta avtotsisterna va 10 kub propan suyultirilgan gaz saqlash rezervuari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatiida avtotsisterna haydovchisi yengil kuyish tan jarohati olgan.
Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib borgan.