Chilonzorda gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta‘minoti qayta tiklanadi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida tumanning ayrim hududlarida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatildi. Ta‘minot to‘xtatiladigan hududlar:

  • “Mehrjon” MFYdagi 12 ta ko‘p qavatli uydagi 528 ta xonadon
  • “Botirma” MFYdagi 32 ta ko‘p qavatli uydagi 736 ta xonadon

Gaz bosimi pasayadigan hududlar:

  • “Mevazor” MFYdagi 478 ta yerli xonadon
  • “Qatortol-2” MFYdagi 314 ta yerli xonadon

Ayni vaqtda gaz ta‘minoti bo‘limining avariya brigadasi tomonidan ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling