Muhtoj oilalarga kuz-qish mavsumida gaz va “svet” uchun bir martalik kompensatsiya toʻlanadi

Bir martalik kompensatsiya uchun davlat 370 mlrd soʻm yoʻnaltiradi

Joriy kuz-qish mavsumida kam taʼminlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martali kompensatsiya oladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu mablagʻlar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasiga xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi. Bir martalik kompensatsiya uchun davlat 370 mlrd soʻm yoʻnaltiradi.

Bir martali kompensatsiyalar 1,4 mln muhtoj oilani qamrab oladi. Davlat ularni toʻlash uchun 370 mlrd soʻm ajratdi. Oktyabr oxirigacha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahalla uyushmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar roʻyxatini shakllantiradi.

Bu qanday kompensatsiya?

Isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal toʻlovlarga xarajatlar ortadi. Ehtiyojmandlarga koʻmak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar boʻyicha yordam puli toʻlaydi:

• asosiy roʻyxat boʻyicha. Unga “Yagona ijtimoiy himoya reestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);

• qoʻshimcha roʻyxat boʻyicha. Unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).

Toʻlov gaz va elektr energiyasiga tariflar oshishi oqibatini yumshatishda yordam beradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling