Samarqand tumanida 6,6 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

“Oʻzenergoinspeksiya” Samarqand hududiy boshqarmasi va “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarda Samarqand tumanida joylashgan “D.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasining manifold qurilmasiga tashqi taʼsir oʻtkazilganligi aniqlandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 6,6 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling