27-dekabr kuni soat 08:35 larda Yangihayot tumani “Yangi umid” MFYda harakasiz turgan Lacetti avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohat olganlar bo’lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong’in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.