Firibgarlik jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan hamda Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvga berilgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1996-yilda tug‘ilgan D.Y. Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olingan.
"Agar ushbu shaxsning noqonuniy harakatlaridan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.