O‘zbekistonda 2025-yili iyul oyi o‘rtacha yillik qiymatlardan 1-2 darajaga iliqroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oy havo harorati ko‘tarilishi bilan boshlanadi. 2-iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3-5-iyul kunlari hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
5-iyul kuni respublikaning g‘arbiy yarimi bo‘yicha, 5-iyulda barcha hududlar bo‘yicha harorat 4-6 darajaga pasayadi. Biroq, iyul oyida salqin havoni kutmaslik kerak.
Oy oxirigacha harorat asosan 36-39 daraja, ayrim eng issiq kunlarda esa40-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Iyul oyida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam.