Iyul oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 96 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya.
Maʼlum qilinishicha, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 279 ta holat aniqlandi.
Unga ko‘ra, 27,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (54,9 mlrd so‘m) va 12,6 mln metr kub tabiiy gaz (41,1 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida jami 96 milliard 86 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, iste‘molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 485 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.