Toshkentda haydovchi mashinasi fuqarolarning ustiga haydadi

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Taxtapul koʻchasida soat taxminan 03:20 larda bir necha fuqaro oʻzaro janjalashib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.

Soʻng Gentra avtomashina haydovchisi fuqarolarning avtomashinani ustiga qarab boshqargan.

Barcha fuqarolar tuman ichki ishlar boʻlimiga topshirilgan, holat boyicha avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling