Surxondaryo viloyatida ko‘p qavatli turar joy binolarida 1,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya”.
Maʼlum qilinishicha, "M. D." MCHJ tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani, “Qorayontog‘” mahallasida joylashgan 5 ta ko‘p qavatli uyni loyiha-texnik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan gaz tarmog‘iga ulab foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 1 mlrd 556 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.