Olimlar gazli ichimliklar xotira va kognitiv fikrlashni pasaytirishini aniqladi

Tajribalar o'tkazishda kalamushlardan foydalanilgan

Foto: " width="540" height="360" style="height: auto;">

Foto: "Futurism"

Olimlar o'tkazgan tajribalar natijasida doimiy gazli ichimliklar iste'mol qilish xotira va kognitiv fikrlash qobiliyatini zaiflashtirishini aniqladilar.

Qayd etilishicha, tajribalarni o'tkazishda kalamushlardan foydalanilgan. Tajribalar natijasida miya hujayralarida oksidlovchi stress rivojlanishi bilan bog'liqligi aytilgan.

Gazli suvlardagi ortiqcha shakar qandli diabet, yurak kasalliklari, tishlarning parchalanishi va jigar asoratlariga olib kelishini tasdiqlandi.

Hatto shakar o'rnini bosuvchi variantlar ham yurak va qon tomirlariga zarar yetkazishi mumkin.

Kola asosidagi gazlangan ichimliklar - ko'plab zamonaviy insonlar dietasida keng tarqalganligi sababli tadqiqot uchun aynan shu ichimlik tanlangan.

Bu ichimlik kalamushlar miyasiga qanday ta'sir qilishini o'rganish uchun olimlar avval kalamushlarni uch yosh guruhiga ajratdilar. Ular: 2 oylik, 8 oylik va 14 oylik kalamush bolalari. Keyin esa shu yosh guruhlarning har biri suv ichadigan va kola ichadigan guruhlarga ajratildi.

57 kundan so'ng olimlar kemiruvchilarni labirintga asoslangan xatti-harakatlar sinovidan o'tkazishdi va shundan o'n kun o'tgach, kalamushlar evtanizatsiya qilindi. Shunda olimlar ularning miyalaridagi farqlarni tekshirishlari mumkin edi.

Tekshiruvdan so'ng, suv ichadigan kemiruvchilar juda yaxshi edi. Ammo eksperimental guruhning ayniqsa ikki va sakkiz oylik kalamushlarda o'zgarishlar aniq bo'lgan.

Ularning hotirasi va labirintlardan o'tiah qobiliyati yomonlashgan.

Olimlarning aytishicha, bunday ta'sirlar oksidlovchi stressdan himoya qilish mexanizmlaridagi nosozliklar bilan bog'liq.

Tirik hujayralar doimiy ravishda peroksid va boshqa kislorod turlarini ishlab chiqaradi, ular kuchli oksidlovchi moddalar bo'lib, jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Ularga katalaza va peroksid dismutaza fermentlari ta'sir qiladi. Lekin, gazli ichimlik iste'mol qilgan kalamushlarning neyronlarida bu oqsillarning faolligi pasaygani qayd etilgan

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling