Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi boshqaruvida boʻlgan Spark avtomashinasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina salonida 50 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Camarqand viloyatining Bulungʻur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997-y.t. fuqaro Toshkent shahrida qoʻlga olindi va undan ham
300 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Taʼkidlash lozimki, ushbu kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari Qirgʻiz Respublikasidan noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.