Prezidentning “Kelajak merosi” xalqaro mukofotini taʼsis etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab har yili o‘tkazib boriladi. Bunda quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etish mumkin:
- adabiyot;
- madaniy meros;
- teatr va kino;
- musiqa va raqs;
- tasviriy va amaliy sanʼat;
- moda va dizayn;
- ilm-fan, taʼlim va raqamli texnologiyalar.
Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming dollar miqdoridagi 1 martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
G‘oliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.