Toshkent metropolitenining “Paxtakor” bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona o‘z ish faoliyatini boshladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
"Amir Temur xiyoboni" metro bekatida ham bu kabi xonani qurish ishlarining so‘nggi bosqichi amalga oshirilmoqda va tez orada foydalanishga topshirilishi ko‘zlangan.
Bundan tashqari, yana 6 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxonalar qurish reja qilingan.