Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Ikkita hududda fuqarolarni DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo va Samarqandda fuqarolarni DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Koson tumanida yashovchi, 1988-y.t. shaxs o‘zini DXX xodimi deya tanishtirib, 1997 y.t. fuqaroni davlat xavfsizlik organlariga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan.

U 2024-yilning sentyabridan 2025-yilning iyuniga qadar turli bahonalar bilan aldab, jami 30 ming dollar va 510 mln so‘m pullarni oladi.

Bundan tashqari, mazkur fuqaroning qarindoshini Qurolli Kuchlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming dollar talab qilib, hozirga qadar 4 ming dollar oladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda u yana 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. 

Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi 1961-y.t. shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, uni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling