Afg'onistonda ayollarga qo'yilgan taqiq tufayli 150 dan ortiq nodavlat tashkilotlar o'z faoliyatlarini to'xtatdi

Tolibon ayollari nodavlat tashkilotlarida ishlashini taqiqlab qo'ygandi

Foto: Theins.ru

Foto: Theins.ru

Afgʻonistondagi “Tolibon” hukumati afgʻon ayollarini ishdan chetlashtirgani haqida xabar berilgandi. Shundan so'ng 150 dan ortiq nodavlat tashkilotlar oʻz faoliyatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatdi.

Bu haqda Norvegiya Qochqinlar kengashi gumanitar tashkiloti (NRC)ga tayanib, “Khaama Press” agentligi xabar berdi.

NRC rahbari Yan Egelanning Afgʻonistonga tashrifidan soʻng “469 nafar afgʻon ayoli xodimi ishtirokisiz 700 ming afgʻon oilasiga hayotiy yordam koʻrsatishni davom ettira olmasligi” toʻgʻrisida bayonot berdi.

2022-yil dekabr oyi oxirida Afgʻonistonning muvaqqat hukumati ayollarni OTMlarda o'qishini ham taqiqlagan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling