Tolibon ayollarning Afg'oniston OTMlarida o'qishini taqiqlash sababini ma'lum qildi

Talaba qizlar hijob o'ramagani o'qishni taqiqlashga sabab bo'lgan

Foto: Theins.ru

Foto: Theins.ru

Afgʻonistondagi talaba qizlar hijob oʻramagani Tolibon tomonidan ayollarning mamlakat oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini taqiqlashga sabab boʻlgan. Bu haqda mamlakat oliy taʼlim vaziri Nada Muhammad Nadim maʼlum qildi.

Vazir jami toʻrtta sababni eʼlon qilgan. Xususan, uning soʻzlariga koʻra, universitet yotoqxonasidagi qizlar va viloyatlardan oʻqishga kelganlar erkak hamrohsiz harakatlangan. Shuningdek, OTMlarda ayollar va erkaklarga aralash holatda dars oʻtilgan, ayrim qizlar esa “islomga zid” fakultetlarda oʻqigan.

Bundan tashqari, Tolibon 2021-yil hokimiyat tepasiga kelgach, universitetlarda jinsga qarab alohida sinf xonalari va kirish eshiklarini joriy qildi. Shu bilan birga, ayol talabalarga faqat ayol professorlar yoki qariyalar dars berishi mumkin qilib belgilandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling