Foto: Theins.ru
Tolibon barcha mahalliy va xorijiy nodavlat tashkilotlarga ayol xodimlarning faoliyatini toʻxtatishni buyurdi. Bu haqda "1TV" mahalliy telekanali mamlakat Iqtisodiyot vazirligiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashkilotlarga xodimlarning ishini “keyingi ogohlantirishgacha toʻxtatib turish” vazifasi yuklangan.
Hukumat taqiqni bunday tashkilotlarning ayrim xodimlari musulmonlarga xos kiyinmasligi bilan izohlagan.
Avvalroq Tolibon hukumati Afgʻonistondagi davlat va nodavlat universitetlarda ayollarning tahsil olishini man qilgandi.
Afgʻoniston oliy taʼlim vaziri buni dunyoviy universitetlarda qizlarni oʻqitish Islom qonunlarini buzishi va diniy qadriyatlarga zidligi bilan izohlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling