Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Toshkent shahriga joʻnab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga ilk rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi.

Davlat rahbari Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mishʼal as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining aʼzolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar oʻtkazdi.

Sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi, shuningdek, hamkorlikning turli yoʻnalishlari, jumladan, iqtisodiy sohada 4,9 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar toʻplami imzolandi.

Davlat rahbari madaniy dastur doirasida “As-Salom” saroy-muzeyining Quvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarini koʻzdan kechirdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Davlat rahbari Toshkent shahriga joʻnab ketdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling