Prezident Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal as-Sabohning taklifiga binoan 17-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt shahrida oliy darajadagi muzokaralar, bir qator ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari boʻlib oʻtadi.