Buxoro shahridagi koʻp qavatli turar-joy binosida 1,2 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro A.M. ga qarashli koʻp qavatli turar-joy binosidagi lift qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan, oʻzboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.