Xorazm va Qoraqalpogʻistonda gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Qoʻshkoʻpir va Toʻrtkoʻl tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, Qoʻshkoʻpir tumanida “Q.A.” va “A.8.” MCHJlar rahbari Q.J. 5 turdagi elektr va tabiiy gazda ishlovchi uskunalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 293 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Toʻrtkoʻl tumanida “T.H.” MCHJ masʼul shaxslari korxonaga qarashli maʼmuriy binoda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 118,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling