Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumanida joylashgan “O.M.P.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida kompleks oʻlchov quvuriga oʻrnatilgan toraytirish moslamasi teskari qoʻyilgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 10 mlrd 498 mln soʻmlik (4,03 mln metr kub tabiiy gaz) zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling