Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning toʻlanishi qonuniyligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazildi.
Natijada, tibbiyot birlashmasining mansabdor shaxslari 2023-yilning yanvar oyidan 2024-yilning noyabr oyiga qadar ataylab 17 nafar ishchi-xodimga jami 935 mln 455 ming soʻm pul mablagʻini ish haqi sifatida asossiz ravishda toʻlab berishgan.
Soʻngra ushbu pul mablagʻini ishchi-xodimlarning bank kartalaridan yechib olib, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborishgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling