Jizzaxda 2 gektar yerda o‘zidan o‘tkir hid tarqatuvchi o‘simlik ekkan shaxs ushlandi

Ammo u ushbu o‘simlikni ekish va parvarishlash bo‘yicha hech qanday hujjat taqdim etmagan. 

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi viloyat IIB.

Maʼlum qilinishicha, tumanning “Yangidala” aholi punktidagi “M.A” MCHJga qarashli 2 gektar yerda o‘zidan o‘tkir hid tarqatuvchi, nina bargli o‘simlik parvarishlanayotganligi maʼlum bo‘ldi. 

Mazkur jarayonda ushbu o‘simliklarni ushbu MCHJ ishchisi, Buxoro viloyatida yashovchi 51 yoshli M.Z. ekkanligi aniqlangan. 

Ammo u ushbu o‘simlikni ekish va parvarishlash bo‘yicha hech qanday hujjat taqdim etmagan. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling