“Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad qidurvga berildi.
Bu haqdagi maʼlumotni Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov tasdiqladi.
Uning bildirishicha, Alisher Ahmadovich Tursunov (Mubashshir Ahmad) Jinoyat kodeksining 2442-moddasi 1-qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) boʻyicha qidiruvga berilgan.