Bu yil ham O‘zbekiston aholisi Yangi yilni yog‘ingarchiliksiz (qorsiz) ob-havo bilan kutib oladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
30-dekabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda va 31-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyatining ayrim joylarida yog‘ingarchilik kuzatiladi, lekin tekislik hududlarda yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi.
Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, respublika shimolida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik qor ko‘rinishida bo‘lishi kutilmoqda.
Respublika hududining katta qismida 31-dekabrda kunduz kuni va 1-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
30-31 dekabr va 1 yanvarda havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 12 daraja iliqqacha bo‘ladi. Shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling