Xorazm viloyatining Yangiariq tumani, Yangiariq mahallasida 19-fevral kuni 1954-yilda tugʻilgan shaxs ov quroli bilan oʻgʻlini otib oʻldirdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga oilaviy kelishmovchilik sabab boʻlgan. Ota, shuningdek, kelini va nabirasiga ham oʻq otib, ogʻir jarohat yetkazgan.
Gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.