Transport vazirining birinchi oʻrinbosari M.Omarov 19-fevral kuni Xitoyning “Zhongtong Bus Holdings Co., Ltd” kompaniyasi, CIB banki hamda “SINOSURE” sugʻurta tashkiloti mutasaddilari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida Olmaliq, Termiz hamda Toshkent shahriga zamonaviy avtobuslarni xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
Xususan, Olmaliq shahriga 83 dona, Termiz shahri uchun 100 dona avtobuslarni sotib olish rejalashtirilmoqda.