Toshkentning bitta tumaniga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi

Olmazor tumanining ayrim hududlariga 12-dekabr kuni soat 10:30 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Bunga “Beshqoʻrgʻon” MFYda joylashgan oʻrta bosimli yer osti gaz quvurida yuzaga kelgan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari olib borilishi sabab boʻladi.

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • “Shon-Shuhrat” MFYdagi 952 ta yerli xonadon
  • “Chamanbogʻ” MFYdagi 1199 ta yerli xonadon
  • “Yoshlik” MFY 55 ta koʻp qavatli uylardagi 1126 ta xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 300 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling