Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasida 28-noyabr kuni soat 11:10 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
1994-yilda tug‘ilgan Onix haydovchisi harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetki qismida to‘xtab turgan piyodani urib yuborgan.
To‘qnashuvdan so‘ng Onix haydovchisi o‘ng qatorda to‘xtab turgan Nexia-3 va Cobalt avtomashinalari bilan ham to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.